Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Jarqo‘ton» yodgorligidan taqinchoq va sopol idishlar bilan birga ko‘milgan odam qabrlari topildi (foto)

«Jarqo‘ton» yodgorligidan taqinchoq va sopol idishlar bilan birga ko‘milgan odam qabrlari topildi (foto)

Surxondaryo viloyatidagi 4000 yillik «Jarqo‘ton» yodgorligidan taqinchoq va sopol idishlar bilan birga ko‘milgan odam qabrlari topildi. Bu haqda Madaniy meros agentligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, davlat rahbarining Surxondaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida vohadagi 10 ta madaniy meros ob’yektlarida dunyoning yetuk arxeologiya institutlari va ilmiy markazlari olimlarini jalb qilib, o‘rganish ishlarini olib borish topshirig‘i berilgan.

Agentlikning ta’kidlashicha, bugungi kunda O‘zbekiston-Fransiya qo‘shma ekspeditsiyasida Fransiya milliy tadqiqot markazi, Termiz davlat universiteti, O‘zbekiston milliy universiteti arxeolog olimlari ishtirokida qazishma ishlari olib borilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida joylashgan Jarqo‘ton yodgorligi O‘zbekiston hududidagi eng qadimgi shahar xarobalari hisoblanadi. Arxeologlar tomonidan Jarqo‘ton yodgorligida hukmdor saroyi, hunarmandchilik ustaxonalari, otashparastlar ibodatxonasi va 20 gektar maydonda qadimiy qabriston ochib o‘rganilgan. Ushbu tadqiqotlar natijasida qo‘lga kiritilgan so‘ngi bronza davriga oid qadimgi dehqonchilik madaniyati moddiy ashyolari Toshkent, Samarqand shaharlaridagi hamda Termiz arxeologiya muzeyida saqlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring