Jarohatlanganlar bor: FVV Sirdaryo tumanidagi «Malik» aholi punktida yuz bergan portlash haqida ma’lumot berdi
FVV Sirdaryo tumanidagi «Malik» aholi punktida yuz bergan portlash haqida ma’lumot berdi.
Sirdaryo tumanidagi Mudofaa vazirligiga qarashli omborda yakka tartibda portlash sodir bo‘lishi oqibatida hududga yaqin joylashgan bir nechta aholi xonadonlari va do‘konlarning oynalari singan, binolarning ayrim yengil konstruksiyalariga ham zarar yetgan, deyiladi xabarda.
Hodisa oqibatida xalok bo‘lganlar yo‘q.
Birlamchi ma’lumotlarga ko‘ra, shikastlanganlarning 11 nafari Sirdaryo tumani tibbiyot birlashmasiga jo‘natilgan, shikastlanganlarga zudlik bilan birinchi yordam ko‘rsatilgan. 6 nafar bemorga ambulator yordam ko‘rsatilib javob berilgan.
Xabarga ko‘ra, ayni vaqtda Favqulodda vaziyatlar davlat tizimiga kiruvchi kuch va vositalar jalb qilingan holda harbiy qism atrofida joylashgan mahallalar qamrab olinib, fuqarolar, tadbirkorlik subyektlari, korxona, muassasa va tashkilotlarga yetkazilgan zararni aniqlash hamda ularni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan zarur choralar ko‘rilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter