Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Janubiy Koreyalik vazir KXDR bilan yagona lug‘at tuzishni taklif qildi

Janubiy Koreyalik vazir KXDR bilan yagona  lug‘at  tuzishni taklif qildi

Foto:«RIA Novosti»

Janubiy Koreyaning madaniyat, sport va turizm vaziri To Chonxvan Janubiy Koreya va Shimoliy Koreya yagona lug‘at tuzishi kerak deya taklif bildirdi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

«Ayrim kelishmovchiliklarga qaramasdan biz hamkorlikda ishlashga qodirmiz. Tilimiz yagona, faqat bugun uni standartlashtirishga ehtiyoj katta. Shu bois har ikkala mamlakat: Janubiy va Shimoliy Koreya uchun yagona, tushunarli lug‘at ishlab chiqishimiz kerak», – degan vazir To Chonxvan o‘z intervyusida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring