Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Janubiy Koreyada yirik muxolifatchi pichoqlandi

Janubiy Koreyada yirik muxolifatchi pichoqlandi

Janubiy Koreyaning yirik muxolifat partiyasi «Toburo» yetakchisi Li Chje Myon Pusan ​​shahriga tashrifi chog‘ida hujumga uchradi.

Li qurilayotgan aeroportga tashrif buyurganidan so‘ng jurnalistlar bilan suhbatda noma’lum shaxs uning bo‘yniga jarohat yetkazgan. Siyosatchi shoshilinch shifoxonaga yotqizildi. 

Hujumni sodir etgan shaxs qo‘lga olindi, uning yonidan 20-30 sm uzunlikdagi qurol topilgan. 

Li Chje Myon 2022-yilda Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida ishtirok etgan, keyin u 47,83 foiz ovoz oldi. 

«Xalq kuchi» partiyasi vakili Yun Sok Yol yesa 48,56 foiz ovoz olib, davlat rahbari bo‘ldi.

Avvalroq Li Chje Myon korrupsiyada ayblanib, tergovga ham jalb etilgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring