Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Janubiy Koreyada piyodalarning smartfonlari bloklanadi

Janubiy Koreyada piyodalarning smartfonlari bloklanadi

Foto: «NV.ua»

Janubiy Koreya mobil nazoratchisi harakat vaqtida telefonlarni bloklovchi dasturni ishlab chiqardi. Bu orqali piyodalarni baxtsiz hodisalardan himoya qilish va ularning e’tiborini atrof-muhitga jamlash maqsad qilingan, deb xabar beradi «NV.ua».

«Cyber Security Zone» nomini olgan dastur gadjet egasi besh qadam tashlashni boshlashi bilan smartfonni bloklay boshlaydi.

Komissiya a’zolari ushbu yangilikni «smombi»ga qarshi kurashish («smartfonli zombilar») deb atadi. Ularning auditoriyasini smartfonga bog‘lanib qolgan o‘smirlar tashkil etadi. Ular piyoda ketayotgan vaqtida smartfondan ko‘zini uzmaganligi sabab ko‘pincha jarohat oladilar.

Janubiy Koreya ichki ishlar va xavfsizlik vazirligining ma’lum qilishicha, so‘nggi besh yil ichida smartfonlarga bog‘liq YTHlar soni ikki barobarga oshgan. YTH ishtirokchilarining 40 foizini esa 20 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlash tashkil etadi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring