Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Janubiy Koreyada bugun yangi prezident saylanmoqda

Janubiy Koreyada bugun yangi prezident saylanmoqda

Foto: Daum

Janubiy Koreyada bugun, seshanba kuni navbatdan tashqari prezident saylovi o‘tkazilyapti: fuqarolar harbiy holat e’lon qilishga uringani uchun lavozimidan ketkazilgan Yun Sok Yol o‘rniga yangi davlat rahbarini saylashadi.

G‘oliblikka da’vogarlar ikki nafar: Li Chje Myon — «Toburo» demokratik partiyasi nomzodi va yaqingacha uning rahbari hamda Kim Mun Su — «Xalq kuchi» konservativ partiyasi nomzodi (Yun Sok Yol ham shu partiya vakili edi).

Li Chje Myon.
Foto: Kwak Kyung-keun/Matrix Images/IMAGO

Konservatorlardan xalqning hafsalasi pir bo‘lgan, shu bois Li — favorit, saylovoldi so‘rovida u Kimni 10-14 foizga ortda qoldirdi, saylovchilarning yarmi uni qo‘llamoqda.

Kim Mun Su.
Foto: Ahn Young-joon/AP Photo/picture alliance

Saylov birinchi turdayoq yakunlanadi, ya’ni ko‘proq ovoz to‘plagan nomzod darhol Janubiy Koreya prezidenti va ijroiya hokimiyati rahbariga aylanadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, inauguratsiya marosimi 4-iyunda o‘tkaziladi.

Prezidentlik uchun kurashayotganlar faqat Li va Kim emas, yana uch nomzod bor, ammo so‘rov natijalari ularda umuman imkoniyat yo‘qligidan dalolat beryapti.

Li Chje Myon 2022-yilda ham prezidentlik uchun kurashgan, biroq 1 foizdan kamroq farq bilan Yun Sok Yolga yutqazgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring