Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Janubiy Koreyada 24 yilga qamalgan sobiq prezident afv etildi

Janubiy Koreyada 24 yilga qamalgan sobiq prezident afv etildi

Janubiy Koreya hukumati korrupsiyada ayblangan sobiq prezident Pak Kin Xeni afv etdi. Bu haqda Yonhap agentligi ma’lum qilmoqda.

Sobiq prezidentni avf etish bo‘yicha tegishli qaror uning sog‘lig‘ini hisobga olgan holda, gumanitar sabablarga ko‘ra qabul qilingan. 2019-yilda Pak Kin Xe yelkasida jarrohlik amaliyotini o‘tkazgandi, 2021 yilda esa sobiq prezident yelkasi va umurtqa pog‘onasidagi surunkali og‘riqlar tufayli bir necha bor shifoxonaga yotqizilgandi.

Pak Kin Xening prezidentligi 2017 yilda impichment jarayonidan so‘ng to‘xtatilgan edi. U korrupsiyada ayblanib, 2018 yilning aprel oyida qamoq jazosiga hukm qilingan. Prokuratura uni 30 yil qamoq va 118,5 milliard von (taxminan 95 million dollar) miqdorida jarimaga tortishni so‘ragan.

Sud esa 24 yil qamoq va taxminan 95 million dollar jarimaga hukm qilgandi.

South China Morning Postning qayd etishicha, Janubiy Koreyaning so‘nggi prezidentlarining barchasi muddati tugaganidan keyin qamoqqa olingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring