Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Janubiy Koreya va O‘zbekiston 2022-2026-yillarda yangi loyihani amalga oshiradi

Janubiy Koreya va O‘zbekiston 2022-2026-yillarda yangi loyihani amalga oshiradi

Koreya Respublikasi hukumatining grant mablag‘lari hisobiga «O‘zbekistonda meva-sabzavotchilikda ilg‘or texnologiyalar o‘quv markazini tashkil etish» loyihasi amalga oshiriladi.

Bu Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasida keltirilgan.

Unga ko‘ra, loyihani moliyalashtirish uchun Koreya tomonidan 4 yil muddatga 3,7 mln. AQSh dollari (4,5 mlrd. Koreya voni) miqdorida grant mablag‘lari ajratilishi tasdiqlangan.

Qayd etilishicha, loyihani Koreya qishloq jamiyatlari korporatsiyasi (KRC) va Koreyaning Qishloq xo‘jaligida xalqaro hamkorlik instituti (DICA) amalga oshiradi.

Loyiha Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumani hokimligi zaxirasidagi A.Yassaviy MFYdagi yer maydonining 2 gektar qismida joylashishi ko‘zda tutilmoqda.

Ta’kidlanishicha, loyihani amalga oshirish davri 4 yil (2022-2026 yillar) etib belgilangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring