Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukraina urushi davrida Janubiy Koreya qurol eksporti 140 foizga oshgan – NYT

Ukraina urushi davrida Janubiy Koreya qurol eksporti 140 foizga oshgan – NYT

Janubiy Koreya Ukrainadagi mojaro davomida qurol sotishning o‘zidan milliardlab daromad ko‘rdi. Bu haqda The New York Times gazetasida chop etilgan maqolada aytiladi.

Qayd etilishicha, o‘tgan yili Janubiy Koreyadan qurol eksporti 140 foizga oshib, 17,3 milliard dollarni tashkil etgan. Bu summaga, nashr Ukrainaning eng yaqin ittifoqchilaridan biri sifatida ko‘rsatayotgan Polsha bilan 12,4 milliard dollarlik kelishuv ham kiradi. Seul Varshavaga tanklar, gaubitsalar, qiruvchi samolyotlar va bir nechta raketa tizimlarini yetkazib berishga rozi bo‘lgan.

Gazeta, o‘z navbatida, Janubiy Koreya Ukrainaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qurol sotmasligini, u mojaroga aloqadorligini qat’iyan rad etib kelayotganini yozadi. Buning o‘rniga, mamlakat “dunyodagi qayta qurollanish bo‘shlig‘ini to‘ldirishga” e’tibor qaratgan. Janubiy Koreyaning ehtiyotkorligi qisman Moskvaga ochiq qarshilik ko‘rsatishni istamasligi bilan bog‘liq bo‘lib, u Moskvadan vaziyat tobora keskinlashayotgan Shimoliy Koreyaga qarshi yangi sanksiyalarni joriy etishda hamkorlik qilishga umid qilmoqda. Boshqacha qilib aytganda Seul Vashington bilan mustahkam ittifoq va o‘z manfaatlari o‘rtasida muvozanatni saqlab, «dorda yurishda davom etmoqda».

3-mart kuni Janubiy Koreya bosh vaziri Xan Dok Su Seul Ukrainaga qurol-yarog‘ jo‘natish borasida hali qaror qilmaganini aytdi. Shu bilan birga, bosh vazir 2023-yilda Janubiy Koreya Ukrainaga umumiy qiymati 130 million dollarlik gumanitar yordam ko‘rsatishini ta’kidladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring