Janubiy Koreya sudi prezidentni hibsga olishga order berdi
Janubiy Koreya sudi prezident Yun Sok Yolni hibsga olish uchun order berdi.
Odatda, hibsga olish orderi chiqarilgan kundan boshlab bir hafta davomida amal qiladi. Yun Sok Yolga nisbatan ham qidiruv e’lon qilindi. Korrupsiya amaliyotlarini tergov qilish boshqarmasi tez orada orderni amalga oshirish uchun choralar ko‘rishi kutilmoqda.
Yun Sok Yol amaldagi davlat rahbari sifatida, garchi u vaqtincha chetlatilgan bo‘lsa ham, Prezident xavfsizlik xizmati himoyasidadir. Shu sabab xavfsizlik xodimlari prezidentni hibsga olishga qarshilik ko‘rsatishi mumkinligi istisno etilmayapti.
Prezidentning advokati allaqachon norozilik bildirdi va orderni «noqonuniy» deb atadi.
Davlat rahbari 18, 25 va 29 dekabr kunlari so‘roqqa kelish talablarini e’tiborsiz qoldirdi. Shuningdek, u pochta orqali rasmiy xabarnomalarni qabul qilishdan bosh tortgan, kelmagani sababini tushuntirmagan va faqat hibsga olish uchun order chiqarilgandan keyin advokatga murojaat qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter