Janubiy Koreya Oliy sudi sobiq prezidentga nisbatan chiqarilgan hukmni o‘z kuchida qoldirdi
Janubiy Koreya Respublikasi Oliy sudi mamlakat sobiq prezidenti Li Myon Bakga nisbatan chiqarilgan hukmni o‘z kuchida qoldirdi — sobiq davlat rahbari pora olish va pullarni o‘zlashtirishda ayblanib 17 yil qamoq jazosiga hukm qilingandi. Bu haqda 29-oktyabr kuni «Yonhap News» agentligi xabar berdi.
Fevral oyida quyi instansiya sudi sobiq davlat rahbariga hukm chiqargandi. Shuningdek, unga 13 mlrd von ($11,7 mln) va yana korrupsiya ishi bo‘yicha 5,7 mlrd von (taxminan $5 mln) jarima solishdi.
Siyosatchi 2008 — 2013-yillar mobaynida mamlakatni boshqargan, 2018-yil aprel oyida unga 16 ta jinoiy ish bo‘yicha ayblov e’lon qilindi. DAS avto ehtiyot qismlarini ishlab chiqaruvchi kompaniya bilan bog‘liq mablag‘larni o‘zlashtirish va pora olish shular jumlasidan.
O‘sha yili oktyabrda tuman sudi yettita band bo‘yicha uni aybdor deb topib, 15 yil qamoq jazosiga hukm qildi. Shu tariqa Li Myon Bak Janubiy Koreyada jinoiy javobgarlikka tortilgan to‘rtinchi davlat rahbariga aylandi.
Sud 78 yoshli sobiq davlat rahbarini DASning egasi deb topdi. Lekin siyosatchi buni rad etmoqda.
Sudning ma’lum qilishicha, sobiq prezident DAS mablag‘larini o‘zlashtirish bilan birga hukumatdan kompaniya manfaatlarida foydalangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter