Janubiy Afrikada 10 yil ichida birinchi marta qor yog‘di
Janubiy Afrika Respublikasi poytaxti Yoxannensburgda so‘nggi 10 yil ichida birinchi marta qor yog‘di.
10 iyul kuni Janubiy Afrika poytaxti aholisi qordan hayratda qoldi, deb xabar berdi Africa News.
Iqlimshunoslar janubiy afrikaliklarni yaqinlashib kelayotgan sovuq havodan ogohlantirishgandi, biroq mintaqadagilar uchun qor yog‘ishi quvonchli hodisa bo‘ldi, deb yozadi nashr.
Ayrim bolalar hech qachon bunday yog‘ingarchilikni ko‘rmagan. Ilgari hududda qor 2012 va 1996 yillarda tushgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter