Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Janluiji Buffon: «Finalda munosiblar g‘alaba qozonishi kerak»

Janluiji Buffon: «Finalda munosiblar g‘alaba qozonishi kerak»

Italiya futboli afsonasi Janluiji Buffon 31-may kuni bo‘lib o‘tadigan Yevropa Chempionlar ligasi finali haqida fikr bildirdi.

«Finalda munosiblar g‘alaba qozonishi kerak. Bu safar PSJ va «Inter»dan kim munosib bo‘lsa, o‘sha g‘alaba qozonadi.

Men Chempionlar Ligasi finalida uch marta mag‘lub bo‘ldim. Ularning hech birida biz g‘alabaga loyiq emasdik. «Real»ga qarshi o‘yinda mag‘lubiyatga loyiq edik. «Barselona»ga qarshi esa imkoniyatimiz bor edi.

Albatta, «Yuventus» muxlislari uchun achinarli. Ammo bu men uchun hech narsani o‘zgartirmaydi. Demak, o‘sha paytda boshqalar bizdan kuchliroq edi,» - deydi sobiq darvozabon «Tutto Mercato» nashriga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun italiyalik darvozabon 2018-2019-yilgi mavsumni PSJ safida o‘tkazgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring