Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jamshid Xo‘jayev bir vazirlikdan boshqasiga o‘tdi

Jamshid Xo‘jayev bir vazirlikdan boshqasiga o‘tdi

Foto: Xalqaro press-klub

Shu kunga qadar tashqi savdo vaziri sifatida ishlab kelgan Jamshid Xo‘jayev prezident farmoni bilan qishloq xo‘jaligi vaziri etib tayinlandi.

Jamshid Xo‘jayev Kosonsoy tumaniga hokim etib tayinlangan avvalgi vazir Bahodir Yusupov o‘rniga bu lavozimni egallagan.

Jamshid Xo‘jayevning o‘rnini esa (vazirlik qayta tashkil etilgach) Sardor Umurzoqov egalladi.

Jamshid Xo‘jayev 1979-yilda tavallud topgan. 2000-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti tashabbusi bilan iqtidorli talabalar uchun tashkil etilgan «Umid» jamg‘armasi stipendianti. 2003-yilda Buyuk Britaniyadagi Birmingem universiteti xalqaro iqtisodiy aloqalar va davlat boshqaruvi yo‘nalishi magistranti. O‘z mehnat faoliyati davomida Markaziy bank, Milliy bank, Hisob palatasida ishlagan. 2017-yil oxirida tashqi savdo vaziri etib tayinlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring