Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jamoat xavfsizligi universitetiga kimlar hujjat topshira oladi?

Jamoat xavfsizligi universitetiga kimlar hujjat topshira oladi?

Foto: «Xabar.uz»

AOKAda Milliy gvardiya hamda Jamoat xavfsizligi universiteti rahbarlari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Unda universitet faoliyati hamda sohaga malakali kadrlar tayyorlash tizimi muhokama etildi.

Eslatib o‘tamiz, Prezident qarori bilan Milliy gvardiya Harbiy-texnik instituti O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti etib qayta tashkil qilingandi.

Universitet mutasaddilarining aytishicha, qabul jarayonlari 1-fevraldan boshlanib, 1-aprelgacha davom etgan.

Universitetga hujjat topshirmoqchi bo‘lganlar hududiy mudofaa ishlari bo‘limlariga ariza berishlari mumkin. Shundan so‘ng ariza bo‘yicha o‘rganish olib boriladi, suhbatlar tashkil etiladi va nomzodlar bilan dastlabki tanlov tadbirlari o‘tkaziladi.

 Nomzodni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish — tuman mudofaa ishlari bo‘limlaridagi tibbiy komissiya tomonidan o‘tkaziladi. Tibbiy ko‘rikda yaroqli deb topilgan nomzodlar keyingi bosqichda individual-psixologik va umumjismoniy sinovlarga qo‘yiladi.

Shundan so‘ng yakuniy tibbiy ko‘riklar tashkil etiladi. Ana shu ko‘rikdan o‘tgan nomzodlar test sinovlariga qo‘yiladi. Test sinovlaridan muvaffiqiyatli o‘tganlar universitetga qabul qilinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring