Jaloliddin Manguberdi rolini turk aktyori Emre Kiviljim ijro etmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi buyurtmasiga ko‘ra «O‘zbekkino» milliy agentligi bilan hamkorlikda Turkiyada «Jaloliddin Manguberdi» serialini suratga olish ishlari boshlandi. Bu haqda agentlik axborot xizmati xabar bermoqda.
Turkiyaning «Bo‘zdag‘ film» studiyasi tomonidan suratga olinayotgan ko‘p qismli film rejissyori Mehmet Bo‘zdag‘, ssenariy muallifi Nazar Eshonqul.
Hozirda Turkiyaning Aksaray viloyati hududida suratga olinayotgan serial uchun maxsus tarixiy dekoratsiyadan iborat pavilon qurilgan. Serialda bosh qahramon Jaloliddin Manguberdi rolini turk aktyori Emre Kiviljim ijro etadi.
Shuningdek, bir qator o‘zbekistonlik aktyor va aktrisalar Tohir Saidov, Javohir Zokirov, Akbarxo‘ja Rasulov, Rayhon Ulasenova, Ra’no Shodiyeva, Feruza Normatova, Yulduz Rajabovalarning ham rol ijro etishi kutilmoqda.
Serialning ilk mavsumi 13-qismdan iborat.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter