Jahongir Ortiqxo‘jayevga yana bir o‘rinbosar tayinlandi

Sardor Abdullayev Toshkent shahar hokimining axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha o‘rinbosari - Departament rahbari tayinlandi. Bu haqda shahar hokimligi xabar bergan.
U bugunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari kotibiyatining mudiri vazifasida ishlab kelgan.
Abdullayev Sardor Mahmudjanovich 1983-yil 27-dekabrda Toshkent viloyatida tug‘ilgan.
2001-2007-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining bakalavriat va magistratura bosqichlarini tamomlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter