Jahongir Ortiqxo‘jayevga ikki o‘rinbosar tayinlandi
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelgan G‘ofir Jamolov Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari - uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasi boshlig‘i tayinlandi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar bergan.
Shuningdek, Muxtor Muhitdinov Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari – Toshkent shahar kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
Muxtor Muhitdinov hozirgacha Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlab kelayotgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter