Jahongir Ortiqxo‘jayev o‘zidan avvalgi hokimni jazoga tortdi
Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev poytaxtning qator tumanlari rahbarlarini intizomiy jazoga tortdi.
Bugun (8-avgust) imzolangan farmoyishga (№113-f) ko‘ra, pandemiya davrida aholi tomonidan ko‘plab e’tirozlar bildirilayotgani hamda belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlashda sustkashlikka yo‘l qo‘ygani uchun Mirzo Ulug‘bek (Sh. Irgashev), Uchtepa (F. Abdullayev), Chilonzor (S. Mahametov), Yashnobod (X. Tillashayxov) tumanlari hokimlariga «xayfsan» berildi.
Intizomiy jazoga tortilganlar orasida poytaxtning sobiq hokimi, hozirda Yunusobod tumani hokimi vazifasini ado etayotgan R. Usmonov ham bor.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter