Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jahonda koronavirusga chalinganlar soni 30 milliondan oshdi

Jahonda koronavirusga chalinganlar soni 30 milliondan oshdi

Foto: «Anadolu Agency»

Jons Hopkins universiteti va AFP hisob-kitoblariga ko‘ra, dunyoda COVID-19 kasalligiga chalinganlar soni 30 million nafardan oshdi. Koronavirus bemorlarining 943 ming nafari vafot etgan. 14-sentyabrdan beri kovid bilan kasallanganlar soni yana 1 millionga ko‘paygan.

Kasallanishlar soni bo‘yicha yetakchilar:

  1. AQSh — 6,7 mln;
  2. Hindiston — 5,1 mln;
  3. Braziliya — 4,4 mln;
  4. Rossiya — 1,1 mln;
  5. Peru — 744 ming.

Koronavirusdan o‘lim eng ko‘p qayd etilgan mamlakatlar: AQSh (198 ming), Braziliya (134 ming), Hindiston (83 ming), Meksika (72 ming) va Buyuk Britaniya (42 ming).

Eslatib o‘tamiz JSST sentyabr oyida sutkalik kasallanishlar bo‘yicha bir nechta rekordni qayd etdi. Avstriya va Chexiyada koronavirusning ikkinchi to‘lqini boshlanib ketgan. Isroil esa bugundan qattiq karantinga qaytdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring