Jahon taekvondo federatsiyasi rahbari Toshkentga yetib keldi, JCh boshlanmoqda
O‘zbekiston yana bir yirik sport musobaqasiga mezbonlik qiladi. Taekvondo bo‘yicha kadetlar o‘rtasida tashkil qilinayotgan mazkur jahon chempionatiga dunyoning eng kuchli terma jamoalari qatori xalqaro federatsiya mutasaddilari ham tashrif buyurmoqda.
Kecha Toshkent xalqaro aeroportida jahon taekvondo federatsiyasi rahbari Chung Van Choy ham kutib olindi. Martabali mehmonni kutib olishda Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston taekvondo assotsiatsiyasi mutasaddilari, sport jamoatchiligi va OAV xodimlari ishtirok etishdi.
Eslatib o‘tamiz, jahon chempionati bugun «Universal» sport saroyida boshlanadi. Musobaqaning tantanali ochilish marosimi soat 17:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter