Futbol muxlislarining orzusi: jahon chempionati kubogi fevralda Toshkentga olib kelinadi

2018-yil fevral oyining boshida Toshkentda katta voqelik ro‘y beradi — FIFA va «Coca-Cola» tomonidan Jahon chempionati kubogi yurtimizga olib kelinishi kutilmoqda. Bu haqda O‘FF axborot xizmati xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, Jahon chempionati kubogining turnesi 2017-yil sentyabr oyida Moskva shahridagi «Lujniki» stadionidan boshlangan. Ushbu turga Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, FIFA prezidenti Janni Infantino, Jahon chempionlari — Bebeto va David Trezege start berishgandi.
Toshkentga kelishidan avval Jahon chempionati kubogi Sharqiy va Markaziy Osiyodagi to‘qqizta davlat poytaxtini aylanib chiqadi. Toshkentdan keyin esa yana 34 ta davlat poytaxtiga olib boriladi. Jahon chempionati kubogi Markaziy Osiyo davlatlari poytaxtlari ichida birinchi bo‘lib Toshkentda to‘liq bir kun bo‘ladi.
JCh kubogi iyun oyigacha 50 dan ortiq mamlakatni aylanib chiqishini qo‘shimcha qilish zarur. Bu ushbu loyiha tarixidagi eng uzun turne hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter