Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jahon chempionati boshlanmoqda. Mali - O‘zbekiston uchrashuvini urugvaylik hakam boshqaradi

Jahon chempionati boshlanmoqda. Mali - O‘zbekiston uchrashuvini urugvaylik hakam boshqaradi

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi U-17 Jahon chempionatidagi ishtirokini ertaga, 10 noyabr kuni Maliga qarshi uchrashuv bilan boshlaydi.

Mazkur o‘yinda futbolchilarimiz to‘liq ko‘k libosda, darvozabonimiz esa to‘q sariq libosda harakatlanadi.

Uchrashuvni urugvaylik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Bosh hakam — Texera Gustavo, unga qanotlarda hamyurtlari Barrerio Karlos va Niyevas Andres yordam beradi. 4-rasmiy hakam vazifasi esa Aranda Aprismanga (Indoneziya) topshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Mali — O‘zbekiston o‘rtasidagi JCh uchrashuvi 10 noyabr Toshkent vaqti bilan soat 14:00 da start oladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring