Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jahon banki va BMT G‘azo sektoriga yetkazilgan zarar miqdorini baholadi

Jahon banki va BMT G‘azo sektoriga yetkazilgan zarar miqdorini baholadi

Foto: Reuters

Jahon banki va BMT Falastin-Isroil nizosi davomida, 2023-yil oktyabridan buyon G‘azo sektori infratuzilmasiga 18,5 milliard dollarlik zarar yetkazilganini hisoblab chiqdi.

Xalqaro tashkilotlar, shuningdek, anklavda 2024-yilda iqtisodiy holat «sezilarli yomonlashuvi»ni prognoz qilishdi.

Avvalroq 2-aprel sanasida Isroil tomonidan G‘azo sektoridagi Dayr al-Balah shahriga berilgan aviazarba oqibatida The World Central Kitchen (WCK) xayriya tashkilotining 7 nafar xodimi halok bo‘lgani haqida xabar bergandik. Halok bo‘lganlar — Avstraliya, Polsha, Buyuk Britaniya, AQSh, Kanada va Falastin fuqarolari.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring