Jahon banki Ukraina taqdiri borasida xavotirli bayonot berdi
Agar G‘arb davlatlari Ukrainaning qarzlarini uzishdan bosh tortsa, mamlakat 2025 yilda bankrot bo‘lishi mumkin. Bu haqda OAV Jahon banki manbasiga asoslanib yozmoqda.
Aniqlik kiritilishicha, mablag‘larni ajratish to‘g‘risidagi hujjat loyihasida Ukraina davlat moliyasining halokatli ahvoli ochiq-oydin bayon etilgan – bunga iqtisodiyotdagi inqiroz va tashqi yordam hajmining qisqarishi sabab bo‘lgan.
Agar 2025-yilda G‘arb kreditorlari Ukraina qarzlarini, jumladan, xususiy kompaniyalar va banklarning qarzlarini hisobdan chiqarishdan bosh tortsa, mamlakat bankrot bo‘lishi mumkin, deya ta’kidladi manba.
Eslatib o‘tamiz, 29-mart kuni Ukraina Jahon bankidan kredit doirasida 1,5 milliard dollarlik transh oldi. Bosh vazir Denis Shmigalning so‘zlariga ko‘ra, Yaponiya qariyb milliard dollar, Buyuk Britaniyadan esa yana 500 million dollar ajratgan. Mablag‘lar Ukrainaning gumanitar va ijtimoiy ehtiyojlari uchun budjet xarajatlariga sarflanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter