Jahon banki boshqaruviga Trampning odami keldi
AQSh moliya vazirining xalqaro masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Devid Malpass Jahon banki prezidenti etib saylandi. Bu haqda bankning ma’lumotiga asoslanib «RIA Novosti» xabar tarqatdi.
«Jahon bankining ijrochi direktorlari bugun bir ovoz bilan Devid Malpassning nomzodini tasdiqlashdi, u 2019-yilning 9-aprelidan boshlab besh yil muddat bank prezidenti bo‘ladi», — deyiladi xabarda.
Malpassning nomzodini AQSh prezidenti Donald Tramp taklif qilgandi.
Jahon bankining ilgarigi prezidenti Jim Yon Kim 2019-yilning 1-fevralida iste’foga chiqqanidan beri uning vazifasini bank ijrochi direktori Kristalina Georgiyeva bajarib kelayotgandi.
Jahon banki prezidenti bankning umumiy faoliyatiga rahbarlik qiladi. An’anaga ko‘ra, bu lavozimga ko‘pincha bankning eng yirik aksiyadori — AQSh vakili saylanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter