Jahon banki bilan $296 millionlik 4 ta bitim imzolandi
Jahon banki bilan 296 mln dollar miqdorida 4 ta bitim, jumladan, O‘zbekistonda ijtimoiy ob’yektlarda energiya samaradorligini oshirish uchun 143 mln dollar hamda barqaror o‘rmonchilik va o‘rmon landshaftlarini tiklash uchun 142 mln dollarlik loyihalar bo‘yicha qarz bitimlari imzolandi.
Bu haqda Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov Twitterʼdagi o‘zining sahifasida ma’lum qildi.
Shuningdek, ikkinchi loyiha doirasida tadbirlar va konsultativ xizmatlarni moliyalashtirish uchun yana 2 ta – 8 va 3 mln dollarlik grant bitimlari ham imzolangan.
«Ushbu bitimlar yurtimizda yashil energiyadan keng foydalanish hamda ekologik toza muhitga erishishga xizmat qiladi», – deydi Qo‘chqorov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jahon banki Ijrochi direktorlar kengashi «O‘zbekistonda quyosh energetikasini kengaytirish-2» loyihasini amalga oshirish uchun 12 million dollar miqdoridagi moliyalashtirishni ma’qullagani aytilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter