Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Izboskanlik momo 60 yoshida tug‘ilganlik guvohnomasini oldi

Izboskanlik momo 60 yoshida tug‘ilganlik guvohnomasini oldi

Adliya vazirining buyrug‘iga asosan, 2024-yilning 20-yanvaridan 20-martiga qadar «Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi» huquqiy aksiyasi o‘tkazilmoqda. Aksiya doirasida tegishli hujjatlari bo‘lmagan, olinmagan, yo‘qotilgan va boshqa huquqiy ko‘mak zarur fuqarolar tuman Adliya bo‘limi (FHDYo, DXM, YuXKM)ga murojaat qilishmoqda.

Izboskan tumanida yashovchi Inoyatxon xolani tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi mavjud bo‘lmaganligi bois tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasini olmagan va yoshligidan Asaka tumanidagi nogironligi bo‘lgan bolalar maktab internatida hamda 1993-yildan «Muruvvat» internat uyida yashagan.

Izboskan tumani adliya bo‘limi tomonidan Inoyatxon xolani tug‘ilganlik fakti sud idoralari orqali tasdiqlandi va  FHDYo bo‘limi tomonidan tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma rasmiylashtirib berildi.

Endilikda, tuman Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi tomonidan identifikatsiyalovchi ID karta rasmiylashtirish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Denov tumanida tug‘ilgan G.Abdullayevaning tug‘ilganlik faktini belgilash haqidagi sudning hal qiluv qaroriga asosan, Denov tumani 2-son FHDYo bo‘limi tomonidan tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma rasmiylashtirib berildi. Huquqiy aksiya doirasida fuqaro G.Abdullayeva 24 yoshida tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaga ega bo‘ldi.

Shuningdek, 2024-yil 26-yanvar kuni Hulkar MFYda yashovchi, 2018-yilda tug‘ilgan Saydaliyeva Xusnibonuning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi huquqiy aksiya doirasida Denov tumani 2-son FHDYo bo‘limi tomonidan qayd etib berildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring