Iyun oyida Mo‘g‘uliston prezidenti O‘zbekistonga keladi
Ulan-Bator shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasida ikki davlat hamkorligining bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.
Muzokaralar chog‘ida, shuningdek, oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishni jadallashtirishga hamda Mo‘g‘uliston prezidentining joriy yil iyun oyida O‘zbekistonga davlat tashrifiga alohida e’tibor qaratilgan.
«Mo‘g‘uliston tomoni O‘zbekistonda davlat boshqaruvi va qonunchilik sohasini takomillashtirish, milliy iqtisodiyotni liberallashtirish va modernizatsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni yuqori baholadi», – deyiladi xabarda.
Shu bilan birga, uchrashuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni mustahkamlash uchun mavjud salmoqli salohiyatni ro‘yobga chiqarishdan o‘zaro manfaatdorlik tasdiqlandi.
Madaniy-gumanitar va turistik almashinuvlarini faollashtirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.
Xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb jihatlari yuzasidan ham fikr almashildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter