Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Iyul oyida anomal issiq kutilmayapti – O‘zgidromet

Iyul oyida anomal issiq kutilmayapti – O‘zgidromet

Joriy yilning iyul oyi o‘rtacha issiq ob-havo bilan boshlandi. 3-4-iyul kunlari esa Qozog‘iston hududlaridan nisbatan salqin havo massasi kirib kelishi hisobiga issiq pasaya boshladi va haftaning katta qismida havo harorati 31-36 darajagacha tushdi. Ushbu kundarda janubiy hududlarda ham kunduzgi harorat 39 darajadan oshmagan.

6-7-iyul kunlari respublikaning bir qator tumanlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘di va momaqaldiroq kuzatildi.

O‘zgidromet ma’lumotiga ko‘ra, 9-10-iyul kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Eron hududlaridan issiq havo kirib keladi va harorat ko‘tarila boshlaydi.

Issiq ob-havoning cho‘qqisi 11-13-iyul kunlariga to‘g‘ri keladi. Kunduzi havo harorati 39-42 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 43-45 darajagacha ko‘tariladi.

Biroq bu issiq davr uzoq bo‘lmaydi. 13 iyuldan respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlariga, 14-iyuldan barcha hududlarga, bu safar Kavkazdan salqinroq havo kirib kelishi kutilmoqda. Harorat foni 3-5 darajaga pasayadi. Haroratning eng sezilarli pasayishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida kuzatiladi, bu yerda havo harorati 5-7 darajaga pasayadi.

So‘ng iyul oyining oxirigacha haroratni qisqa muddatga ko‘tarilishi kuzatiladi, lekin sinoptiklar ushbu iyul oyida anomal issiq kutmayaptilar.

Ma’lumot uchun, Toshkentda 1997-yil 18-iyul kuni havo haroratining mutlaq maksimumi kuzatilgan. Bunda harorat  44,6 darajani tashkil etib, 1881-yil 6-iyul (44,1 daraja) va 1983-yil 30-iyulda (44,5 daraja)ni rekordni yangilagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring