Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ixtirochi fikr kuchi bilan boshqariladigan nogironlar aravachasini yaratdi (video)

Ixtirochi fikr kuchi bilan boshqariladigan nogironlar aravachasini yaratdi (video)

Foto: «Hi-News»

Novosibirsk davlat texnika universiteti bitiruvchisi fikr kuchi bilan boshqariladigan nogironlar aravachasini yaratdi. Mazkur ixtiro imkoniyati cheklangan insonlarga ko‘plab qulayliklarni taqdim etishi mumkin, deb xabar beradi «Hi-News».

Yangi qurilma birinchi navbatda tanasi mutlaq shol bo‘lib qolgan, faqatgina bosh miyasi ishlaydigan insonlarga mo‘ljallangan. Nogironlar aravachasi nafaqat to‘g‘ri yo‘lda harakatlanishga, balki keskin past-balandliklar, zinalar va to‘siqlarni bosib o‘tishga ham qodir. Bosh miyadan uzatiluvchi impuslar maxsus shlem yordamida o‘qiladi va kompyuter tizimiga buyruqlar shaklida boradi. Bu esa aravachani harakatga keltiradi.

Ayni vaqtda ixtiro mualliflari aravachaning xavfsizlik tizimi ustida ish olib bormoqda va uni imkon qadar tezroq bozorga chiqarish niyatida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring