Ivanka Tramp irqchilikka qarshi
AQSh prezidenti Donald Trampning qizi Ivanka Tramp irqchilikka qarshi chiqdi, deya xabar beradi «Haber7.com».
Oq tanlilarni qo‘llab-quvvatlaydigan guruhlar Oq uy oldida namoyish uyushtirmoqchi bo‘lganida, AQSh prezidentining qizi Ivanka Tramp irqchilik, millatchilikni qattiq qoralab chiqqan.
Sharlotsvil shahrida uyushtirilgan namoyishlar paytida Ivanka Tramp o‘zining «Twitter»dagi sahifasida: «Amerikada irqchilikka, millatchilikka yo‘l yo‘q», – deb yozgan.
Amerika prezidenti Tramp Sharlotsvil shahrida uyushtirilgan namoyishlarda qatnashgan kishilar orasida yaxshilari ham bor, degani uchun tanqid ostida qolib ketdi. Uni hatto qizi Ivanka ham qo‘llab-quvvatlamadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter