Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ivan Golunov ozod qilindi. Jurnalistlar birdamligi haqiqatni yuzaga chiqardi

Ivan Golunov ozod qilindi. Jurnalistlar birdamligi haqiqatni yuzaga chiqardi

Foto: «Komsomolskaya pravda»

«Meduza» jurnalisti Ivan Golunovga qarshi ochilgan ish yopildi. Bu haqda Rossiya ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokolsev ma’lum qildi.

«Meduza» xabariga ko‘ra, jurnalistning aybi isbotlanmagan va unga qarshi jinoiy ish yopilgan. Ivan Golunov uy qamog‘idan bugun, 11-iyun kuni kechga qadar ozod qiladi.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 6 iyun kuni Moskvada «Meduza»ning maxsus muxbiri, o‘zining o‘tkir jurnalistik tekshiruvlari bilan tanilgan Ivan Golunov katta miqdordagi narkotik moddalar saqlashda ayblanib, qo‘lga olingandi. 

Bu ish jurnalistik faoliyatga qarshi qasddan uyutirilganligi haqida bong urib, mamlakatning «Vedomosti», «RBK» va «Kommersant» nashrlari dushanba kungi muqovasida «Mi Ivan Golunov» («Biz Ivan Golunovmiz») sarlavhasi bilan gazetalarini nashr qilishgandi. Shu tariqa, nashrlar jurnalistni qo‘llab-quvvatlashgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring