IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasiga boshliq tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining markaziy apparatida va hududlarda rahbarlik lavozimlarida yangi tayinlovlar amalga oshirildi.
Unga ko‘ra, podpolkovnik Timur Kamalatdinovich Ismailov O‘zbekiston Respublikasi IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.
Polkovnik Baxtiyor Ruzmetboyevich Rajapov esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimini egallagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter