Italiyaning yonayotgan paromida 11 yo‘lovchi bedarak yo‘qoldi
Ion dengizida harakatlanayotganida yong‘in yuzaga kelgan «Euroferry Olympia» (Italiya) paromida bo‘lgan 11 nafar yo‘lovchining taqdiri noma’lumligicha qolmoqda.
Gretsiyaning Erikus oroli yaqinidagi ushbu parom palubasida qamalib qolib, yong‘in ichida qolgan ikki nafar xorijlikni qutqaruvchilar hozircha chiqarib olisholmadi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 18-fevral erta tongida Igumenitsadan Brindizi (Italiya)ga yo‘l olgan kema bortida 239 nafar yo‘lovchi, 51 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. Korfaga 278 odam, jumladan, yo‘lovchilar ro‘yxatida bo‘lmagan bir kishi evakuatsiya qilindi, deb xabar berdi «Kathimerini.gr».
Kemaning avtomashinalar olib ketilayotgan palubasida turkiyalik fuqaro bilan birga qamalib qolgan bolgariyalik qutqaruvchilar bilan aloqaga chiqqan. Ular mustaqil ravishda kemani tark etisha olmagan, biroq ularni olovdan chiqarib olish ham hozircha uddalanmagan.
Italiya paromidagi yong‘inni o‘chirishga uch shatakchi kema va bortiga o‘t o‘chirish mashinalari ortilgan bir parom jalb etilgan. Shuningdek, uchta vertolyot hodisa joyini o‘rganmoqda.
Gretsiya qirg‘oq qo‘riqlash xizmati xodimlari «Euroferry Olympia» yo‘lovchilaridan 11 nafari qayerda ekanligini aniqlay olishmagan. Hodisa joyiga g‘avvoslar guruhi yuborilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter