Italiyalik ayolni chuv tushirgan taksistning «kovushi to‘g‘irlandi»
Italiya fuqarosi bo‘lgan ayol mahalliy taksi haydovchisiga Olmaota aeroportidan mehmonxonaga borishi uchun 45 ming tenge (93 dollar) to‘lagan.
Bu haqda Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi transport politsiyasi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Madiyar Aytuganov Tengrinews nashriga ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, shahar fuqarolaridan biri Olmaota aeroportidagi politsiya boshqarmasiga Italiyadan kelgan turistni mehmonxonaga ataylab o‘ta baland narxda olib borgan noma’lum taksi haydovchisiga nisbatan chora ko‘rishni so‘rab murojaat qilgan.
Tezkor-qidiruv tadbirlari davomida transport politsiyasi tomonidan taksi haydovchisining shaxsi aniqlandi.
Bu Olmaota viloyatida yashovchi 48 yoshli fuqaro bo‘lib chiqdi. Erkak xorijlik taksi narxlarni bilmasligidan foydalanib, o‘ta qimmat xizmat ko‘rsatgan. Haydovchi yetkazilgan zararni to‘lagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter