Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Italiya o‘z fuqarolaridan Rossiyani tark etishni so‘radi

Italiya o‘z fuqarolaridan Rossiyani tark etishni so‘radi

Foto: Getty Images

Italiya elchixonasi vatandoshlaridan, agar bu yerda bo‘lish alohida ehtiyoj bilan bog‘liq bo‘lmasa, Rossiyani tark etishni so‘radi. Murojaat dipmissiya saytida e’lon qilindi.

Murojaatda Rossiyadan Italiyaga va boshqa mamlakatlarga parvoz qilish imkoniyatlari pasayib borayotgani aytilgan. Rossiyadan qo‘shni davlatlarga o‘tish ham qiyinlashdi, deb ogohlantirishdi diplomatlar o‘z vatandoshlarini.

Kecha, 28-sentyabr kuni AQShning Moskvadagi elchixonasi amerikaliklarni zudlik bilan Rossiyani tark etishga chaqirgandi. Shuningdek, Ruminiya va Latviya ham o‘z fuqarolariga shunday murojaatlar yo‘llagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring