IT park rezidentlari uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratiladi
IT xizmatlar eksportini yanada oshirish uchun IT park rezidentlariga xorijiy buyurtmalarni jalb qilishga qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratilishi belgilandi.
Misol uchun, 80 foiz buyurtmalar AQSh kompaniyalariga to‘g‘ri kelmoqda. Lekin, Yevropa, Kanada, Yaqin Sharq mamlakatlarida ham juda katta bozor borligi qayd etildi.
Shu bois, parkda xorijiy kompaniyalar uchun «Raqamli moliya texnologiyalari markazi» tashkil etiladi.
Mutasaddilarga bugungi yig‘ilish topshiriqlardan kelib chiqib, har bir vazirlik, tarmoq va hudud bo‘yicha oyma-oy vazifalar, aniq rejalar va ta’sirchan nazorat tizimini o‘z ichiga olgan qaror loyihasini kiritish topshirildi.
Yig‘ilish kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas’ullarning axboroti tinglandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter