Istiqbolli startaplarga sarmoya. AQShning venchur fondi vakili O‘zbekistondagi loyihalar bilan qiziqdi (video)
O‘zbekistondagi mahalliy IT-bozori hamda istiqbolli startaplarga sarmoya kiritish imkoniyatini o‘rganish maqsadida AQShning venchur fondi vakili Zafar Mirzaliyev «Mirzo Ulugbek Innovation Center» innovatsiya markaziga tashrif buyurdi.
Bugun uning ishtirokida bo‘lib o‘tgan muloqotda Innovatsiya markazi rezidentlari, talabalar va boshqa qiziquvchilar ishtirok etishdi.
«Tashrifimdan asosiy sabab ikkita — biri mening shu millat vakili ekanim, ikkinchisi: biznes, — dedi «Xabar.uz»ga bergan intervyusida Zafar Mirzaliyev. — Albatta, men uchun birinchisi muhimroq, chunki o‘zim O‘zbekistonda tug‘ilib o‘sganman, o‘qiganman. Shu sabab yurtimga va yurtdoshlarimga qandaydir foydam tegishini istayman. Hozirda O‘zbekistonda biznesni rivojlantirish uchun ajoyib muhit yaratilmoqda va bu — yoshlarga, umuman tadbirkorlarga keng imkoniyatlar beradi. Xorijda orttirgan tajribam va hozirda olib borayotgan faoliyatim orqali o‘zbekistonlik startapchilarga AKT yo‘nalishidagi loyihalarini tadbiq etishlari uchun ko‘maklashishga tayyorman. Fondimiz asosan robototexnika, biotexnologiya, sun’iy intellekt yo‘nalishlariga sarmoya ajratsa-da, men bu yerda axborot texnologiyalariga oid barcha startaplar bilan tanishib chiqishni istayman. Kuni kecha Innovatsiya markazi menga bir qator loyihalarning taqdimotlarini yetkazdi. Ularning ayrimlari bilan tanishib chiqdim va aksariyati menda qiziqish uyg‘otdi. Ularni batafsil o‘rganib chiqish niyatidaman.»
Yuqorida tadbirdan videoreportaj va Zafar Mirzaliyevning qisqacha mulohazalari bilan tanishishingiz mumkin.
Saytimizni kuzatib boring, Zafar Mirzaliyevning tadbirkorlar bilan qilgan muloqoti to‘liq shaklda e’tiboringizga havola etiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter