Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Iste’molchilarning kayfiyati indeksi yaratiladi

Iste’molchilarning kayfiyati indeksi yaratiladi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi iste’molchilar fikrini o‘rganish maqsadida so‘rovnomalar o‘tkazmoqda. Har oyda o‘tkaziladigan so‘rovnomada 16 yosh va undan katta yoshdagi barcha fuqarolarimiz qatnashishi mumkin.

O‘zbekistonda koronavirusning aholining ijtimoiy-iqtisodiy holatiga ta’siri jarayonlarini, shu jumladan koronavirus ta’sirini yumshatish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralarning ta’sirini baholash bo‘yicha tadqiqotlar amalga oshirilmoqda. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markaziga Iste’molchilar kayfiyati indeksi*ni yaratish vazifasi yuklatilgan.

*Iste’molchilar kayfiyati indeksi — har oyda o‘lchanadigan va e’lon qilinadigan iste’molchilar ishonchi ko‘rsatkichi. Indeks ikki qismdan iborat — iste’molchilarning hozirgi iqtisodiy vaziyatni baholashlari va ularning taxminlari. Iste’molchilarning kayfiyati iste’molchilarning o‘z xaridlarini ko‘paytirish/kamaytirishga tayyorligini aniqlaydi.

Markaz IT Park bilan hamkorlikda 8 ta savoldan iborat bo‘lgan telegram-bot ishlab chiqqan.

So‘rov O‘zbekistonning ba’zi iqtisodiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha iste’mol tendensiyalari va iste’molchilarning taxminlarini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.

Tadqiqot natijalari kelajakda iste’molchilarning taxminlarini aniqlash orqali aholining iqtisodiy kayfiyatini aniqlash va rivojlanish tendensiyasini bashorat qilish uchun iqtisodiy barometr rolini o‘ynaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring