Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Iste’molchilar agentligi noxush statistika taqdim etdi

Iste’molchilar agentligi noxush statistika taqdim etdi

Respublika bo‘ylab 64 ta monitoring kuzatuvi: 54 ta holatda (85 foiz) mahsulotlarning qalbaki namunalari sotilayotgani aniqlandi.

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi axborot xizmati rahbari Mohruxsor Tog‘ayeva ma’lum qildi.

Agentlikka joriy yil o‘tgan davri mobaynida iste’molchilardan 20 mingdan ortiq murojaat kelib tushgan, shundan 35 foizi — sotib olingan mahsulot yoki ko‘rsatilgan xizmat sifati bilan bog‘liq.

Chakana savdo ob’yektlarida sotiladigan tovarlarning sifat va xavfsizlik ko‘rsatkichlariga mosligini tekshirish uchun 153 nomdagi mahsulotning nazorat xaridi amalga oshirildi. Shundan 27 nomdagi mahsulot texnik jihatdan tartibga solish hujjatlariga mos emasligi aniqlandi.

Xususan, 12 ta holatda oziq-ovqat mahsulotlari, 15 ta holatda nooziq-ovqat mahsulotlari tegishli laboratoriya tahlillari natijalari asosida nomuvofiq deb topildi. Aniqlangan kamchiliklar bartaraf etildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring