Buxoroda iste’molchiga 1.300.000 so‘m qaytarildi
Buxoro viloyati, Olot tumanida istiqomat qiluvchi Sh.Gasonova «har bir beka orzusi» — kir yuvish mashinasi xarid qilish maqsadida maishiy texnika do‘koniga tashrif buyurib, «Artel» yorlig‘i ostida ishlab chiqarilgan kir yuvish mashinasini tanlaydi.
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati matbuot xizmatining xabar berishicha, xaridor tadbirkorga 1.300.000 so‘m naqd pul sanab berib, xarid cheki ham talab qilmasdan, uyga shoshiladi. Uyga borgach, tanlovda adashganligini anglab yetadi. Chunki kir yuvish mashinasi «nosoz» edi!
Tadbirkorga arz qilishi foyda bermadi, najot yo‘q. Targ‘ibot tadbirlarida saqlab qo‘ygan ishonch raqam yodiga tushmaganida balki masala hal bo‘lmay qolavergan bo‘lar edi. Olot tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan holat o‘rganilib, shu kunning o‘zidayoq nosoz kir yuvish mashinasi tadbirkorga, 1.300.000 so‘m iste’molchiga qaytarildi.
«Ham vaqtingizni, ham naqdingizni, kamiga asabingizni yo‘qotishni istamasangiz, o‘z vaqtida murojaat qilishni unutmang!», deyiladi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter