Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Istanbulda suv toshqinlari yuzaga keldi

Istanbulda suv toshqinlari yuzaga keldi

Turkiya shimoli-g‘arbida kuchli yomg‘ir yog‘ib, Istanbulning bir qancha hududlarida suv toshqiniga olib keldi, deb xabar bermoqda Naberturk.

Istanbulning shimoli-g‘arbi eng ko‘p zarar ko‘rdi.

O‘tgan 12 soat ichida aholidan 1500 dan ortiq qo‘ng‘iroqlar kelib tushgan bo‘lib, ularga Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan yordam ko‘rsatilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 5 sentyabr kuni ham Istanbul shahrining ayrim tumanlarida (Bashakshehir, Arnavutkoy, Kuchukchekmeje) kuchli yomg‘ir yog‘ishi hodisasi kuzatilgandi. Tabiat hodisasi natijasida, rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 4 nafar shaxs vafot etgan va bir nechta kishi jarohat olgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring