Istanbulda ikki o‘zbekistonlik ayol qo‘lga olindi
Turkiya va O‘zbekiston Respublikasi IIV hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda ikki o‘zbekistonlik ayol ushlandi. Bu haqda Istanbul bosh konsulxonasi xabar qildi.
Joriy yilning 10-yanvar kuni odam savdosi jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan shaxslar Istanbul shahrida qo‘lga olingan.
Aniqlanishicha, 1985-yilda tug‘ilgan D. Umarova 2018-yildan buyon, 1983-yilda tug‘ilgan M. Ulmasova 2017-yildan buyon IIV tomonidan qidiruvda bo‘lgan.
«Jinoyat uchun jazo muqarrarligini ta’minlash maqsadida Turkiya hududida hamkorlikdagi tezkor-qidiruv tadbirlari tizimli ravishda davom ettiriladi»,- deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, «Madam Klod» taxallusi bilan tanilgan, 1989-y.t. Nilufar Mirxanova joriy yilning 10-yanvar kuni Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter