Istanbulda ikki nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi, yana biri komada

Kecha, 11-iyun kuni Turkiyada O‘zbekiston fuqarosi Ozod Rajabboyev (1994-yil 15-avgustda tug‘ilgan) hamda Muhayyo Sherdanova (1987-yil 29-avgustda tug‘ilgan) vafot etgan. Bu haqda mamlakatimiz bosh konsulxonasiga tayanib TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Har ikkisi ham yo‘l-transport hodisasiga uchragan. Muhayyoning onasi Matluba Sherdonova esa jarohatlangan va hozir komada yotibdi.
O‘zbekiston bosh konsulxonasi vaziyatni, hodisa yuzasidan tergov jarayonini nazoratga olgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter