Istanbulda avtobus bekatdagi yo‘lovchilarni urib yubordi
Joriy yilning 2-fevral kuni Turkiyaning Istanbul shahrida yo‘lovchi avtobus bekatdagi yo‘lovchilarning urib yubordi.
Turkiya OAVlarining yozishicha, hodisa natijasida avtobus bekatida bo‘lgan 1 kishi halok bo‘lgan, yana besh kishi jarohatlangan. Hodisa qurboni Ozarbayjon fuqarosi Ahmed Rzayevdir.
Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea joyiga yetib kelgan tez yordam brigadalari jabrlanganlarni eng yaqin shifoxonaga yetkazgan.
Jabrlanganlardan birining ahvoli og‘ir ekani aytilmoqda. Politsiya avtobus haydovchisini hibsga olgan.
Hodisa sabablari haqida ma’lumot berilmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter