Issiqko‘lda o‘zbekistonlik ayol cho‘kib ketdi
Mamlakatimizning Bishkek shahridagi elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, 2019 yilning 28 iyun kuni O‘zbekiston fuqarosi T.L. Issiqko‘ldagi «Kirgizkoye vzmore» sanatoriysi plyajida suvga cho‘kib halok bo‘ldi.
Elchixonaning Konsullik bo‘limi vaziyatni nazoratga oldi va marhuma qarindoshlariga jasadni vataniga olib chiqish bo‘yicha konsullik-huquqiy masalalarni hal qilishda yordam bermoqda.
Konsullik-huquqiy departamenti marhumaning qarindoshlari va yaqinlariga ta’ziya bildiradi va Qirg‘iziston hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda O‘zbekistonning Bishkek shahridagi elchixonasiga +996-312-986-296 telefoni orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter