Toshkentda issiq suv narxi ham oshadi
Toshkentda 1-maydan issiq suv va markaziy isitish tizimi uchun tariflar oshiriladi. Bu haqda «Xabar.uz» portaliga «Toshissiqquvvati» korxonasidan ma’lum qilishdi.
Mavzu doirasida: Toshkentda suv narxi yana oshadi
Issiq suv ta’minoti uchun quyidagi tariflar belgilangan:
- hisob uskunasi bo‘lgan taqdirda kubometriga — 4332 so‘m (hozirda — 3915,9 so‘m);
- hisoblagichsiz bir kishi uchun oyiga — 16917,49 so‘m (hozirda — 15292,52). Umumiy hammomga ega yotoqxonalarda narx kishi boshiga — 12584,98 so‘m (hozirda — 11376,16).
Markaziy isitish tizimi uchun to‘lov narxi kvadrat metrga 1464,53 etib belgilangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter