«Issiq kuchayadi» — O‘zgidromet
O‘zbekiston bo‘yicha 10-14 iyul kunlariga ob-havo prognozi taqdim etildi.
Ushbu haftaning katta qismida O‘zbekiston hududi bo‘yicha ob-havo yuqori barik o‘rkach rivojlanishi va Eron hududlaridan issiq havo kirib kelishi bilan belgilanadi.
Havo harorati kundan-kunga ko‘tariladi. Hududning katta qismida issiq ob-havoning cho‘qqisi haftaning o‘rtalariga to‘g‘ri keladi. 12-13 iyul kunlari kunduzgi havo harorati 40-42 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda 43-45 darajagacha ko‘tariladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining shimolida 11-12 iyul kunlari eng yuqori harorat 43-45 daraja bo‘lishi kutilmoqda.
Kuchli issiq qisqa muddat kuzatiladi. 13 iyulda O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy hududlarida, 14 iyulda respublikaning barcha hududlarida atmosferadagi janubiy oqimlar g‘arbiy oqimlarga o‘zgaradi va havo harorati 33-38 darajagacha, janubda 40 darajagacha pasayadi. Bunday harorat foni dam olish kunlarida ham saqlanib turadi.
Ushbu hafta davomida respublikaning barcha hududlari bo‘yicha havo kam bulutli va asosan quruq bo‘lishi kutilmoqda.
10-12 iyulda shimolda va cho‘l hududlarda, 13-14 iyul kunlari respublika bo‘yicha shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi kutilmoqda.
Poytaxtimizda: 10-14 iyul kunlari asosan kam bulutli ob-havo bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol tezligi asosan kuchsiz bo‘ladi, 14 iyulda 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Bugun kunduz kuni harorat 37-39 daraja bo‘ladi, 11-13 iyulda harorat asta-sekin ko‘tariladi va 12-13 iyul kunlariga kelib 39-42 darajaga yetadi, 14 iyulda 36-38 daraja bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter