Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isroilga yon bosayotgan arab davlatlari nomi ochiqlandi

Isroilga yon bosayotgan arab davlatlari nomi ochiqlandi

11 noyabr kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Riyoz shahrida bo‘lib o‘tgan Arab davlatlari ligasi hamda Islom hamkorlik tashkilotining qo‘shma majlisiga doir maxfiy ma’lumotlar oshkor bo‘ldi.

Riyoz uchrashuvida qatnashgan aksar musulmon davlatlar Isroilni G‘azoda ommaviy qirg‘inni to‘xtatishga majburlash uchun iqtisodiy-moliyaviy choralarni taklif etgan. Jumladan, neft embargosini qo‘llash, Isroil bilan diplomatik va iqtisodiy munosabatlarni to‘xtatish, AQShning Yaqin Sharq mintaqasidagi harbiy bazalaridan Isroilga harbiy texnika yetkazishiga to‘sqinlik qilish, Isroilning arab davlatlari havo makonidan foydalanishini man etish, o‘t ochishni to‘xtatish uchun AQSh, Yevropa hamda Rossiyaga qo‘shma delegatsiyalar yuborish kabi choralar taklif etilgan.  

«The Times of Israel» gazetasi xabariga ko‘ra, Isroilni tiyishga qaratilgan mazkur takliflarga Saudiya Arabistoni, Misr, BAA, Iordaniya, Bahrayn, Sudan va Jibuti qarshi chiqqan.

Eron prezidenti Ibrohim Raisiyning Isroilni terrorchi tashkilot deb e’lon qilish taklifi ham rad etilgan.

Arab davlatlari ligasi hamda Islom hamkorlik tashkilotining qo‘shma majlisi yakuniy bayonot qabul qilish bilan kifoyalangan.  Bayonotda Xalqaro jinoiy suddan Isroilning harbiy jinoyatlarini tergov qilish so‘ralgan.

Islom olami davlatlari 1967 yilgi chegaralarda, poytaxti Sharqiy Quddus bo‘lgan mustaqil Falastin davlati tashkil etilishi lozimligini bir ovozdan yoqlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring